Fuqarolik sud ishlarini yuritishda oshkoralikni ta’minlashning nazariy va amaliy masalalari
Mazkur monografiyada fuqarolik sud ishlarini yuritishda oshkoralikni ta’minlashning nazariy-huquqiy asoslari kompleks tadqiq etilgan bo‘lib, oshkoralik tushunchasi, uning huquqiy tabiati, fuqarolik protsessining asosiy prinsiplari tizimidagi o‘rni, sud muhokamasining ochiqligi hamda sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligi bilan o‘zaro nisbati tahlil qilingan. Shuningdek, fuqarolik sud ishlarini yuritishda oshkoralikni ta’minlashning milliy va xalqaro huquqiy standartlari, sud majlislarining ochiqligi, sud hujjatlaridan foydalanish imkoniyati, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning sud faoliyati haqida axborot olish huquqi, shuningdek, oshkoralikni cheklashning qonuniy asoslari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilgan. Monografiyada sud faoliyatini raqamlashtirish sharoitida oshkoralikni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari, elektron sudlov, sud hujjatlari va sud statistikasining ochiqligi, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy masalalar ham tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish va fuqarolik sud ishlarini yuritishda oshkoralikni yanada samarali ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, sudyalar, advokatlar, amaliyotchi yuristlar, talabalar hamda sud faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
- Nashriyot
- -
- Yil
- 2026
- Sahifalar
- 200
- Fond bo'limi
- Fuqarolik huquqi
- Nashr turi
- Monografiya
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- O'zbekiston
- Kutubxona
- -
O'xshash kitoblar